Jarayon

05/10/2025

⚡️Termiz şahrida yoşlar uçun yangi imkoniyatlar eşigini oçayotgan “TalabaExpo-2025” kasb kōrgazmasi muvaffaqiyatli bōlib ōtdi. Tadbir doirasida Surxondaryo viloyatidagi barça oliy taʼlim muassasalari ōz pavilonlarida talabalarning ilmiy-amaliy işlanmalari, innovatsion ḡoya va startap loyihalarini keng jamoatçilikka taqdim etdilar. Şuningdek, iş beruvçi taşkilotlar tomonidan mavjud bōş iş ōrinlari (vakant lavozimlar) haqida batafsil maʼlumotlar berilib, yoşlarning bandligini taʼminlaş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

📌 Tadbirda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.Ruziyev boşçiligidagi işçi guruh aʼzolari ham faol iştirok etdilar. Ular bitiruvçi yoşlarning ilmiy va innovatsion loyihalarini amaliyotga tatbiq etiş, şuningdek, ularning kasbiy rivojlanişi va bandligini taʼminlaş bōyiça bir qator kelişuvlarga erişdilar. Bu esa yoşlar uçun yangi iş ōrinlari va amaliyot imkoniyatlarini yaratişda muhim qadam bōldi.