Tadbirkorlik va boşqaruv fakultetida “Ustoz – ezgulik nurini soçuvçi mayoq” tadbiri bōlib ōtdi
27/09/2025
⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining Tadbirkorlik va boşqaruv fakulteti talabalari taşabbusi bilan “Ustoz – ezgulik nurini soçuvçi mayoq” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir taşkil etildi.
🎤 Tadbirni fakultet dekani Maqsud Toşboboyev oçib berib, ōqituvçi va murabbiylarning fidokorona mehnati, jamiyat taraqqiyoti hamda yoşlar tarbiyasidagi ōrni haqida sōz yuritdi. Şuningdek, ustoz va muallimlar qadr-qimmati haqida tōxtalib, soha vakillarini bayram bilan tabrikladi.
💐 Dastur davomida guruh yetakçilari tomonidan tayyorlangan badiiy çiqişlar namoyiş etildi. Talabalar institut ustozlariga bōlgan hurmat va ehtiromlarini qōşiq va şeʼrlar, raqs hamda sahna kōrinişlari orqali ifoda etdilar.