DTPI Tadbirkorlik va boşqaruv fakulteti talabalari “Butunjahon turizm kuni”ni nişonlaşdi

26/09/2025

📅 27-sentabr “Butunjahon turizm kuni” munosabati bilan fakultet talabalari Sina turizm qişloḡida joylaşgan “Sumbula mazor” turizm maskaniga sayohat uyuştirişdi.

✔️ Sayohat fakultet dekani M. Toşboboyev, tyutorlar hamda Turizm yōnalişi talabalari iştirokida taşkil etildi. Jarayon davomida talabalar “Sumbula mazor” hamda Sina turizm qişloḡi tarixi haqida qimmatli maʼlumotlarga ega bōlişdi.

📌 Taʼkidlaş joiz, mazkur sayohat milliy qadriyatlar uyḡunligida taşkil etildi. Talabalar milliy liboslarda tarix va madaniyatni ōz timsolida namoyon etdilar.