Bugun, 2025-yil 24-sentabr kuni Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida Getwork xususiy bandlik agentligi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
24/09/2025
🤝 Uchrashuv davomida agentlik vakillari talabalar va bitiruvchilarga xorijda ta’lim olish, ishlash hamda tajriba orttirish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berishdi.
🎓 Bitiruvchilar uchun – Yevropa mamlakatlarida rasmiy va doimiy ish o‘rinlari, mutaxassislik bo‘yicha barqaror ishga joylashish imkoniyatlari taqdim etildi.
👩🎓👨🎓 Talabalar uchun – 3 va 6 oylik Work and Travel dasturlari, mavsumiy ish, til o‘rganish va madaniy almashinuv imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berildi.
📄 Tadbir yakunida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hamda Getwork xususiy bandlik agentligi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Ushbu kelishuv institutimiz talabalari va bitiruvchilari uchun xalqaro mehnat bozori va xorijiy dasturlarda ishtirok etish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.