📍 DTPI Pedagogika fakulteti “Pedagogika va psixologiya’’ kafedrasida institut mustaqil tadqiqotchilaridan N.N.Donayevaning “Raqamli muhit sharoitida talabalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash tizimini takomillashtirish”, F.D.Odinaboboyevning “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida milliy hunarmandchilikning dastlabki mexanizmlarini rivojlantirish orqali kasbiy tarbiya berishni takomillashtirish” mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishlarining kafedra muhokamasi muvaffaqiyatli o‘tdi.
📌 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar nazariyasi ixtisosligi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan muhokamada kafedra professor-o‘qituvchilari, dotsentlar Sh.Mahmudov, D.Boboqulovalar hamda onlayn va oflayn tarzda pedagogika fanlari doktori, professor X.J.Xudayqulov, TerDU pedagogika va ijtimoiy ish kafedrasi professori v.b. M.Bozorovalar ishtirok etib, keyingi bosqichga tavsiya etdilar.