Ichki turizmni rivojlantirish bo‘yicha amaliy tadbir
16/09/2025
⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi PQ–232-sonli “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 16-bandi ijrosini ta’minlash, shuningdek, ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Filologiya fakultetining kechki ta’lim shaklida o‘qiyotgan, qo‘shni viloyatlardan qabul qilingan talabalari uchun Sariosiyo tumanida joylashgan “Sangardak” dam olish maskani, shuningdek, mintaqadagi tarixiy qadamjolar va ko‘ngilochar joylarga sayohat va ziyorat tashkil etildi.
📌 Mazkur tadbir talabalar orasida turizm madaniyatini shakllantirish, yurtimizning tarixiy va madaniy merosini chuqurroq o‘rganish, shuningdek, o‘quv jarayonidan bo‘sh vaqtlardan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida o‘tkazildi.