“Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv
11/09/2025
⚡️ Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetida talabalarning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, ularda yuksak insoniy fazilatlar, vatanparvarlik va ma’rifatparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlash maqsadida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.
📌 Uchrashuvda tajribali ustozlar, soha mutaxassislari hamda faol talabalar ishtirok etishdi. Tadbir davomida jaholatning jamiyatga solayotgan salbiy ta’siri, uni faqat ilm, tafakkur va ma’rifat vositasida yengish mumkinligi ta’kidlandi. Ma’rifat – bu nur, jaholat esa zulmat ekanligi, nur esa doimo zulmatni yengib kelgani haqida ibratli misollar asosida fikrlar bildirildi. Tadbir ishtirokchilari insonni jaholat domidan faqat bilim, tarbiya va ongli yondashuv qutqarishi mumkinligini chuqur anglab yetishdi.