Hurmatli yurtdoşlar, aziz ustozlar, talabalar va hamkorlar!
31/08/2025
Sizlarni qutluḡ va şarafli sana — Ōzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yillik bayrami bilan çin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
1991-yil 1-sentabr sanasi xalqimiz uçun aziz va unutilmas kun bōlib, Vatanimizning tarixiy taraqqiyot yōlida yangi davr – ozodlik va erkinlik davrining boşlanişi sifatida abadiy saqlanib qoladi. Oradan ōtgan 34 yil davomida mamlakatimiz barça sohalarda ulkan yutuqlarga erişdi. Bu taraqqiyot yōlida har bir fuqaroning mehnati, fidoyiligi va taşabbuskorligi muhim ōrin tutdi.
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi sifatida biz ham uşbu taraqqiyotga ōz hissamizni qōşib kelmoqdamiz. Bugungi kunda yoş avlodga sifatli taʼlim beriş, ularni Vatanga sadoqatli, intellektual salohiyatli, zamonaviy mutaxassislar qilib tarbiyalaş – bizning eng ustuvor vazifamizdir.
Mustaqilligimiz tufayli yaratilgan imkoniyatlar bizga keng ufqlarni oçdi, orzularimizni rōyobga çiqariş uçun mustahkam zamin yaratdi. Bugun har birimiz Vatan ravnaqi, uning kelajagi uçun yanada masʼuliyat bilan harakat qilişimiz zarur.