Galakonsert tomoshalariga marhamat!

30/08/2025

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan ertaga, 30-avgust kuni, soat 18:00 dan boshlab Termiz shahridagi muhtasham “San’at saroyi” majmuasi ochiq amfiteatr maydonida bayram shodiyonalariga bag‘ishlangan galakonsert dasturi namoyish etiladi.

🎙“Vatan uchun, xalq uchun, millat uchun!” shiori ostida o‘tkazilayotgan bayram konsert dasturida Mahmud Namozov, Gulsanam Mamazoitova, Hosila Raximova, Bahrom Nazarov, aka-uka Eshjonovlar va “Bojalar” guruhi hamda vohamizning xushovoz xonandalari o‘z chiqishlari bilan ishtirok etadi.