Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida xorijlik abituriyentlarga qabul jarayoni!

30/08/2025

⚡️2025/2026 ōquv yilida bakalavriat taʼlim yōnalişiga hujjat topşirgan xorijiy fuqarolar uçun suhbat jarayonlari 30-avgust kuni muvaffaqiyatli ōtkazildi.

🔹 Suhbat davomida abituriyentlarning kasbiy iştiyoqi, taʼlim yōnalişiga oid bilimlari hamda intellektual salohiyati komissiya aʼzolari tomonidan baholandi. Jarayon institut tomonidan yaratilgan qulay şaroitlar asosida, onlayn tartibda (ZOOM platformasi orqali) taşkil etildi.

🔰 Maxsus komissiya tomonidan qaror qabul qilinib, belgilangan talablarga javob bergan xorijiy fuqarolar institutning bakalavriat bosqiçiga ōqişga qabul qilindi. Uşbu jarayon institutimizning xalqaro hamkorlikdagi faoliyatini kengaytiriş va taʼlim eksportini oşiriş yōlidagi muhim qadamlardan biridir.