Xalqaro aloqalar

27/08/2025

⚡️ Birlashgan millatlar tashkilotining taraqqiyot dasturi (BMTTD) tashkiloti tomonidan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish va kasbiy tayyorlash bo‘yicha Surxondaryo viloyatining salohiyatini oshirish loyihasi doirasida Afg’oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazining biznes g’oyani rivojlantirish “Startap” loyiha bo‘yicha tahsil olgan 50 nafar tinglovchilar yangi biznes g’oyani rivojlantirish, amalga oshirish va boshqarish, bilim va ko’nikmalarni shakllantirishga qaratilgan 3 oylik o’quv kursini tamomladi.

📌 Tadbirda BMTTD ijtimoiy va media ishlari bo’yicha loyiha menejeri yordamchisi M.Qudratov hamda loyihada uslubiy hamkorlik qilgan Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.A. Ruziyev va “Raqamli iqtisodiyot” kafedrasi o‘qituvchisi M.Ashurova ham faol ishtirok etishdi. Shuningdek, o’quv kursini muvoffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.