“Dolzarb 90 kun” doirasida voleybol musobaqasi ōtkazildi
27/08/2025
⚡️ “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti professor-ōqituvçilari hamda xodimlari ōrtasida sportning voleybol turi bōyiça ōrtoqlik uçraşuvlari taşkil etildi.
📌 Mazkur sport uçraşuvlari institut jamoasi aʼzolari ōrtasida soḡlom turmuş tarzini tarḡib qiliş, jamoaviylikni mustahkamlaş va sportga bōlgan qiziqişni oşiriş maqsadida ōtkazildi. Bellaşuvlar dōstona muhitda, sportga xos halollik va ōzaro hurmat ruhida bōlib ōtdi. Uçraşuv davomida iştirokçilar ōzlarining sportga bōlgan mehrini, jamoaviy harakatdagi uyḡunlikni va kuç-ḡayratini namoyon etişdi.