Sport

20/08/2025

⚡️Termiz shahrida bo‘lib o‘tgan sportning mini futbol turi bo‘yicha viloyat miqyosidagi musobaqada 13 ta davlat tashkilotlari xodimlaridan iborat jamoa o‘zaro kuch sinashdi. Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining erkaklar terma jamoasi ham faol ishtirok etib, final bosqichida Bojxona terma jamoasi bilan keskin bahs olib bordi va 3:2 hisob qayd etildi.

🏆 Murosasiz va qiziqarli kechgan ushbu uchrashuv natijasida institut jamoasi 2-o‘rinni egallab, viloyatdagi eng yaxshi jamoalardan biri ekanligini namoyish etdi.

🤝 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasiga kelgusidagi musobaqalarda ham omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz!