🔬 2019-yilda Belgiya Qirolligi, Antwerp Universitetida “Plazma tibbiyoti uchun molekulyar darajada modellashtirish” mavzusida PhD ilmiy darajasini olgan, biofizikaviy va biokimyoviy jarayonlarni kompyuterda modellashtirish bo‘yicha yuksak ilmiy salohiyatga ega, hozirda “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti qoshidagi “Fundamental va Amaliy tadqiqot instituti” direktori – Dr. Jamoliddin Razzokov ishtirokida DTPIda uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🎤 “Ilm-fan taraqqiyotida sun’iy intellektning o‘rni” mavzusida o‘tkazilgan seminarda magistrlar, doktorantlar va professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar. Tadbir davomida sun’iy intellektning ilmiy izlanishlar va innovatsion ishlanmalarni rivojlantirishdagi ahamiyati, shuningdek, kelajak istiqbollari yuzasidan ilmiy va amaliy tavsiyalar berildi.
⚡️ Shuningdek, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti va TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti bilan memorandum imzolandi.