⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.Ruziyev boshchiligida institutning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda “Dolzarb 90 kunlik” doirasida amalga oshirilgan va oshirilayotgan ishlar samaradorligi, to‘garaklar faoliyati, talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tqazishi, ta’lim va ilm-fan sohasida olib borilayotgan islohotlar hamda muassasada amalga oshirilayotgan yangi dasturlarni joriy etish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.