Oliy taʼlim tizimida korrupsiyaning oldini olişga baḡişlangan yiḡiliş bōlib ōtdi

26/07/2025

25-iyul kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida oliy taʼlim taşkilotlari rahbarlari, içki nazorat bōlimlari va hududiy bōlinmalar iştirokida korrupsiyaning oldini olişga baḡişlangan yiḡiliş ōtkazildi.

Vazir Qōnḡirotboy Şaripov tizimda şaffoflikni kuçaytiriş, manfaatlar tōqnaşuvining oldini oliş va içki nazoratni mustahkamlaş zarurligini taʼkidladi.

Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi direktori Akmal Burxonov va Senat qōmitasi raisi Abdulhakim Eşmurodov tizimdagi xatarlar, ularni bartaraf etiş va qonunçilikni takomillaştiriş yuzasidan fikr bildirdi.

Yiḡilişda korrupsiyaning oldini oliş bōyiça ustuvor vazifalar belgilandi va ularning ijrosi qatʼiy nazoratga olinişi qayd etildi.