Bitiruvchi-2025 tadbiriga marhamat

16/07/2025

🎓 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti va Filologiya fakulteti 2025-yil bitiruvchilarini tantanali va unutilmas bitiruv diplom topshirish marosimiga taklif qiladi!

🗓 Sana: 2025-yil 17-iyul
📍 Manzil: Surxondaryo viloyati, Denov shahri, Sh. Rashidov ko‘chasi, 360-uy
🕙 Soat 10:00 — Filologiya fakulteti Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari uchun alohida marosim
🕛 Soat 12:00 — Pedagogika fakulteti bitiruvchilari uchun marosim

✨ Tadbir davomida:
🔹 Bitiruvchilarga ramziy diplomlar va esdalik sovg‘alari topshiriladi
🔹 Madaniy dastur, jonli ijro, ijodiy chiqishlar va esdalik suratga olishlar tashkil etiladi

📸 Tadbir davomida foto va video lavhalar tayyorlanadi.
📌 Bitiruvchilardan mantiyada (akademik libosda) ishtirok etish tavsiya etiladi — bu kun siz uchun tarixda qoladi!
👨‍👩‍👧‍👦 Oila a’zolaringiz va yaqinlaringizni ham bu shodiyona onga taklif qilishingiz mumkin!