Ochilish marosimi

12/07/2025

⚡️ Uzun tumani 2-son politexnikumida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti bilan hamkorlikda qandolatchilik klasteri tashkil etildi. Ushbu loyiha dual ta’lim tizimi doirasida amalga oshirilmoqda. Mazkur loyihaning umumiy qiymati 1 milliard 900 million so‘mni tashkil etadi. Qandolatchilik klasterining ochilish marosimida Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori Oybek Ruziyev va soha mutaxassislari ishtirok etdilar. Loyiha doirasida politexnikum o‘quvchilari va mahalladagi xotin-qizlarga qandolatchilik sohasi bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar beriladi. Klaster zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan bo‘lib, darslar tajribali, o‘z kasbining ustalari hisoblangan murabbiylar tomonidan olib boriladi.

📌 Klaster faoliyati yoshlar va ayollarni bandlik bilan ta’minlash, ularni kasbga o‘rgatish orqali ijtimoiy himoyani kuchaytirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, ishlab chiqariladigan qandolat mahsulotlari orqali mahalliy bozorda sifatli mahsulotlar taklifi ortadi. Bu esa qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish va hududiy iqtisodiyotni faollashtirishga turtki beradi. Kelgusida ushbu loyiha asosida kichik biznes subyektlarini shakllantirish, ularni qo‘llab-quvvatlash ham rejalashtirilgan.