Yurtimizda bilimli, fidoyi va taşabbuskor avlodni tarbiyalaş yōlida har bir qadam muhim ahamiyatga ega. Mana, siz ham hayotingizdagi muhim bosqiç – kiriş imtihonlari oldidasiz. 14-iyuldan boşlab Respublikamiz bōylab test sinovlari boşlanadi. Bu sinovlar sizning yillar davomida olgan bilimlaringiz, mehnatingiz va intilişingiz natijasini namoyon etadi.
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi nomidan har biringizga yuksak işonç va katta omad tilayman. Imtihon jarayonlari qonuniylik, halollik va şaffoflik tamoyillari asosida ōtkaziladi. Barça texnik va taşkiliy masalalar puxta rejalaştirilgan. Sizlardan esa faqat diqqat, ōziga işonç va tartib-intizom talab etiladi.
Eslatib ōtamiz: imtihon kuni şaxsingizni tasdiqlovçi hujjat va ruxsatnomani unutmaslik, belgilangan joyga kamida bir soat oldin yetib keliş zarur. Bu sizga ōzingizni tayyor va xotirjam his etişingizga yordam beradi.
Aziz yoşlar, imtihonlardan qōrqmang. Sizni aldamoqçi bōlgan, yolḡon vaʼdalar bilan işontirmoqçi bōlgan şaxslardan ehtiyot bōling. Unutmang – çinakam yutuq faqat halol mehnat va bilim bilan qōlga kiritiladi.
Yoruḡ niyat bilan kirayotgan bu sinovda sizga kuç-ḡayrat, sabr va omad tilayman. Intilgan maqsadingizga yeting, orzu qilgan oliy taʼlim muassasasida ōqiş baxti nasib etsin!
Hurmat bilan, Oybek Ruziyev, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori