“Barchamiz tabiat uchun birdek mas’ulmiz” shiori ostida “Plogging” loyihasi bo’lib o’tdi.

11/07/2025


⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Aniq va tabiiy fanlar fakulteti jamoasi tashabbusi bilan “Barchamiz tabiat uchun birdek mas’ulmiz” shiori ostida “Plogging” loyihasi bo’lib o’tdi.

Loyihada talabalar va ustozlar sog’lom hayot, atrof-muhitni tozalash ishlarini amalga oshirdilar. Bu tashabbus orqali nafaqat tabiatga bo’lgan mehrni, balki sog’lom turmush tarziga intilishni ham ifoda etishdi.


🌱 Tabiat – bizning umumiy uyimiz. Uni asrash – barchamizning burchimiz!

Tadbirda faol ishtirok etgan barcha ishtirokchilarga tashakkur bildiramiz!