Oliy ta’lim tashkilotlari axborot xizmati xodimlariga malaka oshirish sertifikatlari topshirildi

07/07/2025

3–5-iyul kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Axborot xizmati faoliyatida zamonaviy tendensiyalar: raqamli texnologiyalar, PR instrumentlar va sun’iy intellekt” mavzusidagi qisqa muddatli malaka oshirish kurslari o‘z yakuniga yetdi.

Ushbu o‘quv dasturining birinchi chaqiruvini muvaffaqiyatli tamomlagan 48 nafar axborot xizmati xodimiga sertifikatlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov tomonidan topshirildi.

Mazkur malaka oshirish kursi axborot xizmatlari faoliyatida ilg‘or yondashuvlar, raqamli kommunikatsiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanishni kengaytirish, axborot siyosatini professional darajada yuritish ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi