Davra suhbati tashkil etildi
🏛 2024-yilning 29-noyabr kuni DTPIning Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplaens nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi va institut profilaktik inspektori tomonidan «Yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi toqatsizlik hissini shakllantirish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish» mavzusida Pedagogika fakulteti talabalari bilan davra suhbatlari o‘tkazildi.
✅ Tadbirda oliy ta’lim tizimida korrupsion holatlarning oldini olish va unga qarshi kurashishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida, shuningdek, talaba-yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan ishlar xususida, internet tarmog‘ida odam savdosi, giyohvandlik, terrorizm va diniy ekstremizmni targ‘ib etishga qaratilgan buzg‘unchi g‘oyalar haqida ma’lumotlar berildi.