Sizlarni 30-iyun — “Yoşlar kuni” munosabati bilan çin qalbimdan samimiy tabriklayman!
Yurtimizda yoşlar masalasiga davlat siyosati darajasida yondaşilayotgani, ularning orzu-intilişlarini rōyobga çiqariş, barkamol avlodni tarbiyalaş yōlida amalga oşirilayotgan islohotlar har birimiz uçun faxrli va masʼuliyatli jarayondir.
Siz aziz talabalarimiz — institutimiz faxri va ḡururisiz! Ilm oliş, kasb-hunar egallaş, innovatsion ḡoyalar bilan çiqiş va ijtimoiy hayotda faol iştirok etişingiz bizni quvontiradi. Sizga işonamiz va har doim qōllab-quvvatlaymiz.
Şu bayram munosabati bilan barçangizga mustahkam soḡlik, ilmiy yutuqlar va ezgu maqsadlaringiz sari ulkan zafarlar tilayman. Yurtimiz ravnaqi yōlida qilayotgan har bir saʼy-harakatlaringizga omad yor bōlsin!
Bayramingiz muborak, aziz yoşlar!
Hurmat bilan,O.A. Ruziyev Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori