🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishi 4-bosqich bitiruvchisi Imomov Jahongir xalqaro miqyosda katta yutuqqa erishdi!
⚡️ U Janubiy Koreyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Anyang Universitetining Global biznes boshqaruvi magistratura dasturiga muvaffaqiyatli qabul qilindi.
🔰 Bu yutuq – institutimizda olib borilayotgan ta’lim sifatining, talabalarning xalqaro maydondagi raqobatbardoshligining yorqin namunasidir.
📌 DTPI jamoasi nomidan Imomov Jahongirni ushbu yutuq bilan chin dildan tabriklaymiz va keyingi ilmiy izlanishlarida ham omadlar tilaymiz!