Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmaydi

23/06/2025

📌 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida insonparvarlik ruhi ustuvor bo‘lib qolmoqda.

✅ Kuni kecha “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida DTPI kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi A. Ibragimov, institut psixologi D. Xolmominova hamda Yoshlar ittifoqi BT yetakchisi S. Xidirov bir guruh bemor talabalar holidan xabar oldilar.

❇️ Uchrashuv davomida talabalar bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, ularning salomatligi, o‘qish jarayoni va ijtimoiy holati yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, ularga ma’naviy ko‘mak va kerakli tavsiyalar ham berildi.

🔹 Bu tashrif institutda har bir talaba e’tibor markazida ekanini yana bir bor namoyon qildi.