UzA | Kulobdagi xalqaro forumda Ōzbekistonning noyob turistik jozibasi namoyiş etildi
23/06/2025
Avval xabar berganimizdek, Tojikiston Respublikasining Xatlon viloyatidagi Kulob şahrida “Xatlon-turizmning qaynoq yuragi” mavzuiga baḡişlangan xalqaro turizm forum-kōrgazmasi bōlib ōtdi.
Xitoy, Koreya, Eron, Rossiya, Qirḡiziston, Turmaniston kabi ōnga yaqin davlatdan turizm sohasi vakillari qatnaşgan tadbirda Surxondaryo va Qaşqadaryo viloyatlari delegatsiyalari ham faol iştirok etdi.
Tadbirning tantanali oçiliş marosimida Xatlon viloyati raisi Davlatali Said forum qatnaşçilarini tabriklab, hududning boy turistik salohiyati va sayyohlar uçun yaratilayotgan şaroitlar haqida atrofliça malumot berdi.