🏢 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti ishchi guruhi aʼzolari tomonidan 110 ballik mezon asosida Pedagogika fakulteti “Maktabgacha taʼlim” kafedrasi professor-oʻqituvchilarining oʻquv yili davomida olib borgan faoliyati oʻrganildi.
🔰 Kafedra mudiri Achilov Obid Muzrobovich kafedra jamoasining erishgan yutuqlari va mavjud kamchiliklari yuzasidan batafsil taqdimot qildi. Shundan soʻng, har bir professor- oʻqituvchilarning ish faoliyati individual tarzda ishchi guruh aʼzolari tomonidan koʻrib chiqildi va ularning faoliyati xolisona baholandi.