💐 2025-yil bahor mavsumida Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 4200 dona turli mevali, manzarali, buta ko‘chatlari ko‘ngilli professor-o‘qituvchilar, talaba va xodimlar tomonidan ekilib, parvarish qilinib kelinmoqda.
🌿 Bundan tashqari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining institutning rasmiy saytida “Ekofaol talabalar” bo‘limi tashkil etish bo‘yicha topshirig‘i ijrosi yuzasidan, institutimizning “Bog” ko‘chasi manzilida joylashgan o‘quv binosi hududida talaba yoshlar va xodimlar tomonidan turli xildagi manzarali gullar ekilib, institut hududi chaman bo‘stonga aylantirilmoqda.