Jarayon

17/06/2025

🔹 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida bugungi kunda xalqaro madaniyatlarni rivojlantirişga katta eʼtibor qaratilmoqda. Şu munosabat bilan institutda Hind markazi, Tojik taʼlim va madaniyat markazi hamda Rus tili taʼlim markazi samarali faoliyat yuritmoqda. Uşbu markazlar talabalar va jamoatçilik ōrtasida turli tillarni ōrganiş hamda madaniy almaşinuvlarni rivojlantirişga xizmat qilmoqda.

🔸 Markazlar orqali talabalar nafaqat tillarni mukammal ōzlaştiriş, balki turli mamlakatlarning madaniyati va anʼanalarini yaqindan ōrganiş imkoniyatiga ega bōlmoqda. Bu esa institutda taʼlim sifatini oşiriş bilan birga, yoşlarni xalqaro miqyosda raqobatbardoş kadrlar sifatida tayyorlaşga xizmat qilmoqda.