⚡️ Tadbirkorlik va boşqaruv fakultetida joylaşgan “Kelajakka qadam” markazida talabalar uçun navbatdagi motivatsion trening — “Biznes marafon” maşḡuloti bōlib ōtdi. Uşbu trening maşḡulotining asosiy maqsadi – yoş tadbirkorlar va liderlar safini kengaytiriş, ularning şaxsiy rivojlanişiga kōmaklaşiş hamda amaliy bilim va kōnikmalarni şakllantirişdan iborat.
Trening davomida iştirokçilar muvaffaqiyat sari yōl, maqsad qōyiş va unga erişiş strategiyalari, zamonaviy biznes yuritiş usullari haqida qimmatli maʼlumotlar oldilar.