⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakultet “Biologiya va qişloq xōjalik mahsulotlari texnologiyalari” kafedrasi stajyor-ōqituvçisi A.Bolliyev tomonidan Denov, Oltinsoy va Uzun tumani umumtaʼlim maktablarida taʼlim olib kelayotgan bir guruh ōquvçi yoşlarni oliy taʼlim muassasalariga qiziqişni oşiriş va bōş vaqtlarini mazmunli ōtkaziş maqsadida oçiq eşiklar kuni ōtkazildi.
✅ Ōquvçi yoşlarga kafedraning zamonaviy ōquv laboratoriya bilan taniştirildi, master klass darslari taşkil etildi. Ōquvçilar Registrator ofis, Axborot-resurslar markazi, karyera markazi, talabalar turar joyi va sport majmuasida bōldilar. 📌 Mazkur uçraşuvlar davomida ōquvçilarga oliy taʼlimning ahamiyati, zamonaviy kasblar va ular uçun zarur bōlgan bilim va kōnikmalar, talabalik hayoti va kelajak imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumotlar berildi.