Qozog‘iston oliygohlarida bepul o‘qish imkoniyati!
11/06/2025
2025/2026-o‘quv yilidan boshlab, Qozog‘iston oliygohlarida bepul o‘qish uchun 20 ta davlat granti ajratildi. Ushbu imkoniyatdan O‘zbekiston fuqarolari foydalanishlari mumkin!
🎓 Ajratilgan grantlar:
14 ta — bakalavriat uchun
6 ta — magistratura uchun
📌 Nima qamrab olinadi?
To‘liq bepul ta’lim
Transport va yashash xarajatlari — talabaning o‘z hisobidan
📅 Muddat:
20-iyungacha: Hujjatlar tayyorlanib, tanlovda ishtirok etish uchun topshiriladi
📝 Hujjat topshirish jarayoni xalqaro aloqalar bo‘limi orqali amalga oshiriladi.
🎯 Xorijda bepul o‘qishni xohlaysizmi? Unda bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!