“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida milliy kinofilmlar namoyishi tashkil etildi
11/06/2025
🔹 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida yoshlarda milliy qadriyatlar va san’atga bo‘lgan mehrni oshirish maqsadida “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida madaniy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda.
🔸 Navbatdagi tadbir sifatida institutda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’atkorlar ishtirokida milliy kinofilmlar namoyishi tashkil etildi. Unda talaba-yoshlar hamda professor-o‘qituvchilar faol ishtirok etdilar. Namoyish etilgan filmlar orqali tomoshabinlar xalqimizning boy tarixi, urf-odatlari, madaniyati va zamonaviy hayotining aks etgan jihatlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.