🗓 Bugun — 7-iyun, tavallud ayyomi! Bugun — Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi uchun faxrli va quvonchli kun! Institutimiz rektori, iqtisod fanlari nomzodi, yuksak salohiyatli rahbar va fidoyi ustoz Ruziyev Oybek Abdimo’minovich tavallud ayyomlarini nishonlamoqdalar! 🎉
🎓 Oybek Abdimo’minovich 1975-yil 7-iyun kuni dunyoga kelgan bo‘lib, bugungi kunga kelib o‘zining boy hayotiy tajribasi, chuqur bilim va yuksak rahbarlik salohiyati bilan nafaqat institutimiz, balki butun ta’lim sohasida e’tirofga sazovor bo‘lgan ulug‘ insondir.
📚 Ustozimizning ilm-fan va ta’lim-tarbiyada olib borayotgan samarali ishi, institutimiz taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissalari, yosh avlodni Vatanga sadoqat, bilim va ma’naviyat ruhida tarbiyalashdagi xizmatlari beqiyosdir.
🎊 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi nomidan Sizni chin dildan tabriklaymiz! Sizga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, tinimsiz kuch-g‘ayrat, yangi zafarlar va bardavom yutuqlar tilaymiz! 🌟 Har doim ezgu ishlarda yetakchi bo‘lib, talaba-yoshlar qalbida ustoz, institutimizda esa ilhom va taraqqiyot timsoli bo‘lib yurishingizni istaymiz!