Oliy taʼlim muassasalarida 2025-yil iyun oyi “Yoshlar bandligi oyligi” deb eʼlon qilindi
01/06/2025
Bu oy davomida “Muvaffaqiyatli bandlik — sifatli taʼlimning ishonchli kafolati!” shiori ostida yoshlarga kasbiy yoʻnalish berish, ularni ish bilan taʼminlash, zamonaviy mehnat bozoriga tayyorlashga qaratilgan tizimli va samarali tadbirlar oʻtkaziladi.
📌 Oylik doirasidagi asosiy yo‘nalishlar: ✅Mehnat yarmarkalari va vakansiyalar taqdimoti; ✅Ish beruvchi tashkilotlar bilan “Karyera kunlari”ni tashkil etish; ✅Talabalarni amaliyot va stajirovkaga yo‘naltirishga bag‘ishlangan o‘quv-seminarlar; ✅Talabalarning startap va innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Kelajakka qadam” dasturini amalga oshirish; ✅vacancy.argos.uz platformasidan foydalanish orqali davlat xizmatlariga ishga joylashish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish.
🔍 Ushbu tadbirlar yoshlarga mehnat bozorida o‘z o‘rnini topish va sifatli ta’lim natijasida barqaror bandlikka erishishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
✔️ Barcha talabalar, bitiruvchilar va ish izlovchilarni yoshlar bandligi oyligida faol ishtirok etishga taklif qilamiz!