⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari ichki turizmni rivojlantirish, maqsadida Buxoro viloyatiga sayohat uyushtirdilar. Sayohat davomida ishtirokchilar Varnet issiqxona akademiyasida bo’ldilar. Sayohat davomida akademiyaning diqqatga sazovor joylarda bo‘lib, ularning tarixi va arxitektura xususiyatlari bilan tanishdilar. Mazkur sayohat talabalarda o’simliklar dunyosiga yanada qiziqishlarini yuksaltirib bilimlarni mustahkamlash, va atrof muhitni yanada asrab-avaylashga xizmat qildi.
📌 Ma’lumot o’rnida: Buxoro viloyatida joylashgan, zamonaviy agrosanoat klasteri bo‘lib, O‘zbekiston-Turkiya hamkorligida tashkil etilgan. U nafaqat qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, balki ilmiy-tadqiqot, ta’lim va innovatsiyalarni rivojlantirishga ham xizmat qiladi.