⚡️Ōzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-dekabrdagi videoselektor 60-son topşiriḡi 6-bandida belgilangan vazifa ijrosi yuzasidan, Ōzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 17-yanvardagi “Oliy taʼlim taşkilotlarida abituriyentlar, hamda kambaḡal va kam taʼminlangan oilalarning bitiruvçi sinfdagi farzandlari uçun tayyorlov kurslarini taşkil etiş tōḡrisida”gi 18-sonli buyruḡi ijrosini taʼminlaş hamda yoşlarni tayyorlov kurslari orqali umumtaʼlim fanlari bōyiça bilimlarini oşiriş uçun qōşimça şart-şaroitlar yaratiş maqsadida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.A.Ruziyev tomonidan Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Biologiya va qişloq xōjalik mahsulotlarini texnologiyalari kafedrasi qoşida “BIOLOGIYA” fani kursi taşkil etilgan edi. Mana bugun bu kursda 8 nafar Denov tumanidagi umumtaʼlim maktablari bitiruvçi sinf ōquvçilari tahsil olib ularning 4 nafari oliy taʼlim muassasalariga kiriş imtihonlarida imtiyoz beruvçi milliy sertifikatlarga ega bōlişdi.
Denov tadbirkorlik va pedagogika institut va Denov tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bōlimi bilan hamkorlik yuqori suratlarda davom etmoqda.