🔰 Surxondaryo viloyati Xalq deputatlari kengashi deputati, Pedagogika fakulteti dekani, p.f.f.d. (PhD) R.V.Salomova va fakultet talabalari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Samimiy ruhda tashkil etilgan mazkur uchrashuvda ta’lim sohasiga oid Prezidentimizning farmon va qarorlari mazmuni, yozgi ta’tilni mazmunli va maroqli o‘tkazish, bitiruvchilarning ish bilan ta’minlanishi, uch tomonlama shartnomalarning bajarilishi, yakuniy nazorat imtihonlariga talabalarning qatnashishi kabi muhim masalalar muhokama etildi.