Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hamda Samarqand Arxeologiya instituti ōrtasida hamkorlik şartnomasi imzolandi.

29/05/2025

⚡️ Şartnoma doirasida institutlar ilmiy-tadqiqotlar, taʼlim jarayonlari, arxeologik ekspeditsiyalar va madaniy tadbirlar bōyiça yaqindan hamkorlik qiladilar. Talabalar va professor-ōqituvçilar uçun qōşma seminarlar, amaliy maşḡulotlar hamda tajriba almaşiş imkoniyatlari yaratiladi. Bundan taşqari, yangi ilmiy loyihalar va grantlarga birgalikda ariza beriş, zamonaviy texnologiyalarni qōllaş ham rejalaştirilgan.

📌 Hamkorlikning asosiy maqsadi – tarix, madaniyat va arxeologiya sohalarida ilmiy salohiyatni oşiriş va malakali kadrlar tayyorlaşdir. Şartnoma tomonlar ōrtasida uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlaşga xizmat qiladi.