Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar davom etmoqda

28/05/2025

📆 Denov tadbirkorlik va pedegogika institutida “Fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi” mavzusida tadbir boʻlib oʻtdi.

⏺️Unda Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xalqaro aloqalar va ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Sadulla Boboxo‘jayev tomonidan fuqarolarining vijdon erkinligini taʼminlash, dinlar oʻrtasidagi bagʻrikenglikni mustahkamlash va diniy sohada amalga oshirilayotgan davlat siyosati yuzasidan atroflicha maʼlumotlar berildi.

⏺️Tadbir ishtirokchilari diniy bagʻrikenglik, davlat va din munosabatlari, ekstremizm va radikalizmga qarshi kurashish masalalari boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.