Navbatdagi kengaş yiḡilişi

28/05/2025

🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.Ruziyev boşçiligida institutning navbatdagi kengaş yiḡilişi bōlib ōtdi. Yiḡilişda taʼlim va ilm-fan sohasida olib borilayotgan islohotlarning yangi bosqiçi, muassasada amalga oşirilayotgan dasturlarni joriy etiş, taʼlim tizimidagi ōzgarişlar, xalqaro taʼlim standartlariga mos ravişda institutning pedagogik tizimini takomillaştiriş va kadrlar tayyorlaş sifatini oşirişga qaratilgan işlar haqida batafsil maʼlumot berdi.

📌 Kengaş yiḡilişida sōz olganlar tomonidan ilmiy tadqiqot natijalariga kōra institutning ōziga xos yutuqlari, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etiş borasida olib borilayotgan işlar haqida ham sōz yuritildi.