Ōzbekiston turizmi Xitoy sahnasida: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori xalqaro kōrgazmada.

16/05/2025

Guançjou şahrida bōlib ōtayotgan nufuzli “Guangzhou International Travel Fair 2025” (GITF) xalqaro kōrgazmasida Ōzbekiston ōzining boy turizm salohiyatini, tarixiy merosi va milliy qadriyatlarini keng namoyon etmoqda. Bu tadbir “Xitoyda Ōzbekiston turizm yili” doirasida taşkil etilgan bōlib, taşrif buyuruvçilarga mamlakatimizning turli hududlariga oid sayyohlik yōnalişlari bilan yaqindan tanişiş imkonini bermoqda.

Mazkur xalqaro maydonda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori, Oybek Ruziyev ham faol iştirok etib, Ōzbekiston taʼlim sohasi vakili sifatida turizm va taʼlim yōnalişlarida xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlaş masalalari yuzasidan muloqotlar olib bormoqda.

Rektorning iştiroki Surxondaryo viloyatining nafaqat ilmiy va madaniy, balki turizm salohiyatini ham xalqaro miqyosda tarḡib qilişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.