🏛 “Xavfsiz va soḡlom yurt” tadbiri doirasida Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida Respublika Oliy sudi vakillarining sayyor qabuli bōlib ōtdi. Sayyor qabulda Denov tumani Içki işlar boşqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati probatsiya bōlinmasi hisobida turgan, nazorat ostidagi şaxslar bilan uçraşuv ōtkazildi va uçraşuv davomida nazorat ostida turgan fuqarolardan 18 nafari Ōzbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan, muddatidan ilgari şartli ravişda ozod etildi.