O‘zbekiston – Xitoy qo‘shma ekspeditsiyasi: Chinortepada tarix izlari jonlanmoqda!

15/05/2025

🏛 Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi qadimiy Chinortepa yodgorligida O‘zbekiston va Xitoy olimlari hamkorligida arxeologik tadqiqotlar olib borilmoqda. Qazishmalar davomida qadimiy sopol buyumlar va boshqa muhim topilmalar aniqlanmoqda.

Tadqiqotlarda Denov tadbirkorlik va pedagogika institutidan tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Ahmedov Sardor va tadqiqotchi Xudoyberdiyev Raxim Baxtiyorovich ishtirok etmoqda.

Ekspeditsiyada Xitoyning Shimoliy-G‘arbiy Universiteti (Sian)dan 12 nafar professor, magistr va bakalavr talabalari ham qatnashmoqda. Arxeologlar bilan birga tuproqshunoslar ham tadqiqotlarga jalb qilingan.