🏛 Bugun Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga Toşkent kimyo texnologiya instituti professori, texnika fanlari doktori Mirzaqulov Xoltōra Çoriyeviç taşrif buyurdi.
🔰 Taşrif davomida institutda mavjud ōquv laboratoriyalari, ōquv jarayoni va ilmiy-tadqiqot işlari bilan tanişilib, tajriba almaşdi.
🔵 Şuningdek, professor X.Ç.Mirzaqulov kimyo taʼlim yōnalişi talabalariga ōzining tajriba, bilim, malaka va olib borayotgan ilmiy tadqiqot yōnalişlari bōyiça qimmatli maʼlumotlarini berdi. Şundan sōng, DTPI rektori O.A.Ruziyev Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hamda Toşkent kimyo texnologiya instituti ōrtasidagi kelgusida amalga oşiriladigan hamkorlik aʼloqalarini yanada rivojlantirişda va institutni ilmiy salohiyatini yuksaklarga kōtarişda bergan taklif va mulohazalari uçun professor X.Ç.Mirzaqulovga ōz minnatdorçiligini bildirdi.