Surxondaryo viloyatining turizm salohiyati Xitoydagi xalqaro ko‘rgazmada namoyon etilmoqda
15/05/2025
Ayni paytda Xitoy Xalq Respublikasining Guanchjou shahrida “GITF” (Guangzhou International Travel Fair) xalqaro turizm ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur nufuzli tadbirda Surxondaryo viloyati delegatsiyasi ham faol ishtirok etmoqda.
Viloyat pavilonida Surxondaryoning boy sayyohlik salohiyati, tarixiy va madaniy yodgorliklari, milliy an’analari hamda urf-odatlari keng namoyish etilmoqda. Taqdimotlar xorijiy ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otib, viloyatga bo‘lgan e’tibor va qiziqishni yanada oshirmoqda.
Ko‘rgazma doirasida bir qator xalqaro turizm kompaniyalari bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazilib, hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan muhim kelishuvlar va shartnomalar imzolandi.
Shuningdek, tadbirda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori Oybek Ruziyev ham ishtirok etmoqda.