⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida may sport oyligi doirasida “Sportchi-Yurt himoyachisi!” shiori ostida sport musobaqalari festivalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu jarayonlarda institut rektori O.Ruziyev va tegishli soha vakillari hamda talabalar ishtirok etdilar. Festivalning asosiy maqsadi sportni ommalashtirish, talabalarning jismoniy faolligini oshirish va ular orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdir. Tadbirda institutning turli fakultetlari o‘rtasida sportning bir nechta turlarida musobaqalar o‘tkazildi.
📌 Festival davomida ishtirokchilar nafaqat sportda, balki o‘zaro do‘stona aloqalar o‘rnatish va jamoaviy ishni rivojlantirishga ham katta e’tibor qaratdilar. “Sportchi-Yurt himoyachisi!” shiori, talabalarga yurtni himoya qilishda sportning muhim o‘rni borligini tushuntirishga xizmat qildi. Ushbu tadbir, talabalar orasida yurtparvarlik tuyg‘usini oshirishga, sportni hayot tarziga aylantirishga va sog‘lom avlodni tarbiyalashga katta hissa qo‘shishi shubhasiz.