Xotira – muqaddas, qadr – abadiy

08/05/2025

🏛 DTPI professor-o‘qituvchilari va xodimlari o‘rtasida 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Inson – aziz, xotira – muqaddas” shiori ostida erkak professor-o’qituvchi va xodimlar o’rtasida sportning mini futbol turi bo‘yicha “Institut Kasaba uyushmasi ko‘chma kubogi” musoboqasi bo‘lib o‘tdi.

🔵 Institutning erkak professor-o‘qituvchilari va xodimlari ishtirok etgan sport musobaqasi qizg’in bahslarga boy bo’ldi. Musobaqa yakunida quyidagi natijalar qayd etildi:

🥇-o’rinni “Rektorat” jamoasi qo’lga kiritdi,
🥈-o’rin “Registratr ofis” jamoasiga nasib etdi,
🥉-o’ringa “Pedagogika fakulteti” sportchilari loyiq deb topildi.

🎗 Yakunda g’olib va sovrindorlarga institut Kasaba uyushmasi qo’mitasi tomonidan diplom va pul mukofotlari topshirildi.