Iqtidorli yoşlar uçun yangi imkoniyat – “Rektor stipendiyasi” tanlovi

08/05/2025

⚡️ Iqtidorli yoşlarni har tomonlama qōllab-quvvatlaş va ularni yanada raḡbatlantiriş maqsadida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori taşabbusi bilan “Rektor stipendiyasi” tanlovi taşkil etildi. Mazkur tanlov institut miqyosida ōtkazilib, talabalarning bilim va salohiyatini aniqlaşga qaratildi. Tanlovning test sinovi bosqiçi talabalar ōrtasida katta qiziqiş uyḡotib, bilimdon yoşlar ōzaro raqobatda ōz salohiyatlarini namoyon etişdi.

📌 Tanlov orqali nafaqat eng bilimli talabalarni aniqlaş, balki ularni moddiy jihatdan raḡbatlantiriş ham kōzda tutilgan. Bu esa yoşlarga yangi maqsadlar sari intiliş, ōz ustida tinmay işlaş uçun kuçli motivatsiya bōlib xizmat qiladi. “Rektor stipendiyasi” taşabbusi yoş avlodning intellektual salohiyatini yuksaltirişga qaratilgan muhim qadamdir.