Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Xotira muqaddas – inson aziz” shiori ostida tadbirlar davom etmoqda
08/05/2025
⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Xotira muqaddas – inson aziz” mavzusida o‘tkazilayotgan tadbirlar, xalqimizning tarixiy yodgorliklarini va ajdodlarimizning mehnatini qadrlashga bo‘lgan ehtiyojni yanada kuchaytiradi. Ushbu tadbirlar doirasida, yosh avlodga ulug’ insonlarning tarixdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berib, ularning xotirasini asrab-avaylashga chaqirish maqsad qilinadi. O‘tkazilayotgan ilmiy va ma’naviy tadbirlar, milliy qadriyatlarimizni yanada chuqurroq anglashga imkon yaratadi.
📌 Tadbirlar davomida, talabalarga insoniyat tarixidagi buyuk shaxslar, ularning fidoyiligi va hayotiy merosi haqida so‘z yuritilib, yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘ularini oshirishga qaratilgan faoliyatlar amalga oshirilmoqda.